Toshkentda Cobalt haydovchisi skuterdagi 2 kishini urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi skuter boshqarib ketayotgan fuqaro va undagi yo‘lovchini urib yuborgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Manbaning bildirishicha, haydovchi tez yordam kelgandan so‘ng, voqea joyidan qochib ketgan.

“Urib yuborgan odam umuman xabar olib kelmadi. Jabrlanuvchi rus bo‘lgani uchun u bilan hech kim gaplasha olmayapti”, deydi manba.

Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, o‘sha kuni soat 05:40 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli-Qipchoq chorrahasida haydovchi Cobalt rusumli transport vositasi va skuter mototransport vositasi bilan o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida skuter mototransport vositasining haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angren shahrida ota va uning farzandi mast haydovchi mashinada urib yuborishi oqibatida vafot etgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Cobalt skuter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing