Toshkentda cho‘kayotgan ayol qutqarib qolindi

Jamiyat

image

Toshkent shahri “Anhor” kanalida cho‘kayotgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 18 oktyabr kuni soat 20:40 larda ayol kishi “Anhor” kanalida cho‘kayotganda Shayhontoxur tumani Turkiston san’at saroyi atrofida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliygvardiya xodimi uni ko‘rib qolgan.

“Anhor”da cho‘kayotgan va yordam so‘ragan ayolni ko‘rib qolib tezkorlik bilan uni suvdan olib chiqqan. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Z.Ergashev va uning sheriklari yordami bilan Qashqadaryo viloyatida 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro Yu.X. shifoxonaga yetkazilgan va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda Shayxontoxur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent cho'kish Anhor

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing