Toshkentda chiqindini olib chiqib ketish narxi oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahar hokimining qarori bilan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori tasdiqlandi.

Qarorda keltirilishicha, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori:

  • aholi uchun bir kishi bir oyda – 7500 so‘m  (QQSsiz);
  • byudjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (1 m kub uchun) – 89 977,57 so‘m (QQSsiz);
  • suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun byudjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (1 tn uchun) – 188 808,96 so‘m (QQSsiz);
  • qattiq maishiy chiqindilarni “Ohangaron” chiqindi tashlash maydonigacha ND-310 maxsus avtomashinalarida (sentrovoz) olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (CHQYU va UK filiali)  1 tn uchun – 78 507,57 so‘m (QQSsiz);
  • korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod, CHQYU) punktlariga maishiy chiqindilarini qabul qilish, utilizatsiya qilish (zichlash) va Ohangaron poligoniga tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (CHQYU va UK filiali) 1 tn uchun – 116 461,34 so‘m (QQSsiz);
  • korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini Ohangaron poligoniga qabul qilish va utilizatsiyasi qilish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (CHQYU va UK filiali) 1 tn uchun – 59 399,61 so‘m (QQSsiz);
  • korxona va tashkilotlardan Ohangaron poligoniga chiqindi qabul qilish va ko‘mish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (CHQYU va UQ filiali) 1 tn uchun – 861 112,01 so‘m (QQSsiz) etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida chiqindini to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorining narxlari salkam ikki baravar qimmatlayotgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent chiqindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing