Toshkentda chet ellik fuqaroni qiynoqda ushlab turgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi
3-sahifa
−
02 noyabr 2020
35029Toshkentdagi katta jinoiy to‘da kamerunlik fuqaroni tutqunlikda saqlab, uni turli qiynoqlarga solgan. Bu haqida DXX Matbuot xizmat xabar bermoqda.
2019 yilning 27 may sanasida Yashnobod tumanida Shakurov Ramzes o‘z xonadonida jinoiy to‘dasi bilan birgalikda kamerunlik Jan Mariyeni o‘g‘irlab ketib, to‘rt kun davomida tutqunlikda saqlagan.
Shukurov Ramzes 1971 yil Toshkeny shahrida tug‘ilgan. Millati ozarbayjon. O‘zbekiston fuqarosi. Oilali. Ikki nafar farzandi bor. Muqaddam sudlangan. Bundan tashqari, jinoiy to‘da tarkibida Ahmedov Mirzohid, Oripov Abdumajid, Ergashev Ravshan, Abdullayev Otabek singari 15 kishidan iborat fuqaro bo‘lib ularning barchasi turli psixatrop moddalar qabul qilgan. Afsuski, ularning ba’zilari pedagog, ba’zilari sport ustasi bo‘lgan.
2019 yil boshlarida kamerunlik Mark va Uilyam ismli fuqarolar O‘zbekistonga firibgarlik yo‘li bilan pul topish uchun kelishadi. Ular o‘zbekistonlik Shakurov Ramzes odamlarini chuv tushirib, 20 ming AQSH dollarini olib ketgan.
Bu hol Ramzes va uning jinoiy to‘dasini g‘azabini keltiradi. Shundan so‘ng ular kamerunlik Mark va Uilyamlarni O‘zbekistonga chaqirib, mo‘may daromad topishlari mumkinligi haqida aytishadi. Lekin kamerunlik firibgarlar O‘zbekistonga o‘zlari kelmasdan Jean Mariye ismli insonni jo‘natishadi.
Jean Mariyeni belgilangan tuzoqqa boshlab borish jinoiy to‘daning Hoshimov Farhod, Qodirov Abbos ismli a’zolariga yuklatiladi. Bu fuqarolar kamerunlik Jean Mariyeni shahar aylantirish bahonasida olib ketadi va Yashnaoboddagi xonadonga boshlab keladi.
Jean Mariye bo‘lib o‘tgan voqea haqida shunday deydi: “Hovliga kirganimda bu yerning holatini ko‘rib qo‘rqib ketdim. Ketmoqchi bo‘lganimda ular meni ichkariga majburlab olib kirishga harakat qilishdi. Shunda ichkaridan Temur ismli yigit chiqib kelib, meni sudrab uyga olib kirdi. Og‘zimga latta tiqib, oyoq-qo‘limni bog‘lab, muzlatkich yoniga yotqizib qo‘yishdi. Boshimni, jag‘imni devorga urishdi”.
Kamerunlik Jean Mariye to‘rt kun davomida tutqunlikda, qiynoqda saqlangan. Bu holni jinoiy to‘da videoga olib, Mark va Uilyamga yuborishgan. Maqsad 60 ming AQSH dollar ishlash bo‘lgan. Agar aytilgan summani berishmasa, Jean Mariyeni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilishadi.
To‘rt kundan so‘ng, Kamerundan so‘ralgan pullarni jo‘natishga rozi ekanligi haqida xabar keladi. Bu xabardan so‘ng jinoiy to‘da a’zolari Jean Mariyeni xonadondan olib chiqib, Yashnaobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan “Gelikon” mehmonxonasiga olib borishadi, yuvintirib, kiyintirishadi.
Bu vaqt ichida Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya elchixonasidan Jean Mariyening o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar kelib tushgan. DXX tomonidan tezkor qidiruv ishlari boshlangan va bu jarayon yakunlanmasdan tutqundagi kamerunlik fuqaro qochib ketishga ulgurgan.
Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, bu jinoiy ishga aloqador bo‘lgan 15 kishi qo‘lga olingan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 245-moddasi 1-qismi bilan jinayat ishi qo‘zg‘atilib, Shakurov Ramzes va jinoiy guruhning boshqa a’zolari 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi