Toshkentda AI-80 markali benzindan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Jamiyat

image

Poytaxtda avtomobillarga AI-80 markali benzinni quyish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Ekologiya vazirligi tomonidan Toshkent shahri havosining ifloslanishi va uning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Toshkentda o‘rtacha 730 mingta avtomobil harakatlanishi, qo‘shimcha ravishda hududlardan 160 mingdan 300 minggacha avtomobil kirib kelishi qayd etilgan. Ayniqsa, AI-80 markali benzindan foydalanuvchi texnika vositalari atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarmoqda.

Vazirlik Toshkentda atmosfera havosiga ko‘rsatilayotgan salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun "Yevro-4" standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘idan (AI-80 rusumli benzin) foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, tirbandlikni kamaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun poytaxtda kunning tig‘iz vaqtlarida (07:00 — 10:00 va 17:00 — 20:00) yuk tashish uchun mo‘ljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalarining harakati cheklanishi mumkin.

2010 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha toifadagi avtomobillar harakatlanishini taqiqlab, elektromobillarga o‘tishda imtiyozlar, pereferensiyalar va subsidiyalar berishni yo‘lga qo‘yish ilgari surilmoqda.

Jamoat transportini to‘liq elektr, gazballon yoqilg‘isi va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, yo‘l infratuzilmasini hamda markaziy ko‘chalarda avtomobilsiz hududlarni tashkil qilish taklif etilmoqda. Tajriba tarzida avtomobillar harakatini maqbullashtirish uchun “toq va juft” kunlarda boshqarish qoidasi joriy etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AI-80 markali benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar