Toshkentda BYD va Spark o‘rtasidagi YTHda haydovchi jarohat oldi
3-sahifa
−
22 aprel 2025 4098 1 daqiqa
Kecha, 21 aprel kuni Toshkent shahrida BYD va Spark to‘qnashib ketishi ortidan BYD haydovchisi jarohatlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:30 larda Mirobod tumanining Katta Mirobod ko‘chasida 1994 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi hamda 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi BYD avtomashinalari bilan YTH sodir etgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida BYD haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida Isuzu yuk avtomobili DAF rusumli yuk avtomobilining orqasiga urilgan edi. Oqibatda kabina ichida qolib ketgan Isuzu haydovchisi qutqarilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025