Toshkentda BYD, Spark va L9 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
23 iyun
9863Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertalab soat 09:00 da poytaxtning Uchtepa tumani Shirin-Lutfiy ko‘chalari chorrahasida quyidagi mashinalar ishtirokida YTH yuzaga kelgan:
- 1989 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvida bo‘lgan Lixiang L9;
- 1999 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan BYD;
- 1968 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Spark.
Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, haydovchilarning bittasi tan jarohati olgandi. Sirdaryoda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lganda esa haydovchilarning biri vafot etgandi.