Toshkentda BYD “qizil”dan o‘tib, avtobusga borib urildi (video)
3-sahifa
−
02 iyun 4775 1 daqiqa
Bugun, 2 iyun kuni Toshkent shahrida Yutong rusumli avtobus va BYD rusumli yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Hodisa soat 15:28 atrofida Mirobod tumanidagi Nukus va Taras Shevchenko ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. 16-sonli yo‘nalish avtobusi haydovchisi Taras Shevchenko ko‘chasiga burilayotgan vaqtda, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan BYD rusumli avtomobil haydovchisi chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlangan. Oqibatda ikkala transport vositasi to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala transport haydovchisi tez yordam xodimlari tomonidan Respublika 1-sonli klinik shifoxonasiga yetkazilgan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida Nexia-3 avtomobili yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib ketgani haqida xabar berilgan edi. YTH oqibatida Nexia-3 transport vositasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun