Toshkentda Hongqi ikkiga bo‘linib ketdi (video)
3-sahifa
−
03 dekabr 5169 1 daqiqa
Joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida Hongqi va BYD avtomashinalari to‘qnashib ketdi va oqibatda Hongqi mashinasi ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:25 da Olmazor tumani KXAY ko‘chasi 20/3-uy qarshisida Hongqi rusumli avtomashinasi va BYD rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH ortidan har ikkala avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda YTH dahshatli bo‘lgani, Hongqi mashinasi ikkiga bo‘linib ketganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Onix haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, piyodani hamda Nexia-3 va Cobalt avtomashinalarini urib yuborgandi. YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.