Toshkentda BYD elektrovelosipedni urib yubordi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida BYD elektrovelosipedni urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha 2 aprel kuni soat 15:50 da Yunusobod tumani Yusuf Xos Hojib – V. Vohidov ko‘chalari kesishgan chorrahada 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi BYD rusumli avtomobil chapga burilish vaqtida, harakatlanib kelayotgan 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi elektrovelosipedni urib yuborgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida elektrovelosiped haydovchisi hamda BYD avtomobili haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida HOWO rusumli yuk mashinasi velosipedchini urib ketishi oqibatida u vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing