Toshkentda bolalarni bosib ketgan ayol uy qamog‘iga olindi

Jamiyat

image

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 4 iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida soat 18:30da 42 yoshli ayol T.L. o‘zi boshqarib kelayotgan Nexia avtomobilida  mavze ichidagi yo‘l chetida turgan uch nafar yosh bolani urib yuborgan. Bolalarning biri voqea joyida vafot etgan edi.

Kecha, 6 iyun kuni Yunusobod tumani IIB tomonidan 42 yoshli L.T.ga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 266 moddasi (“Avtomobilni boshqarayotgan shaxs tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalarini boshqarish qoidalarini buzilishi odam o‘limiga olib kelishi”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIBB maxsus axborotiga ko‘ra, Yunusobod tumanining jinoyat ishlari bo‘yicha sudi L.T.ning voyaga yetmagan uch nafar farzandi borligi, oilada yagona boquvchi ekanligini, shuningdek, doimiy yashash joyi va ish joyiga ega ekanligini inobatga olib, unga O‘zbekiston Respublikasining JPK 242-moddasi 1-bandiga asosan uy qamog‘i jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing