Toshkentda bolaga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada tarbiyachi kichik yoshdagi bolaga nisbatan qo‘pol muomala qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 27 mart kuni Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi S.X. ning onasi N.X. guruh tarbiyachisi tomonidan voyaga yetmagan farzandiga qo‘pollik qilgani to‘g‘risida Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan.

Murojaatda N.X. tarbiyachi S.I. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘lagani uchun bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘targani, buning oqibatida farzandining qo‘lida ko‘karishlar borligini bildirgan.

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatni o‘rganishi davomida tarbiyachi haqiqatan ham bolaga nisbatan nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lgani aniqlangan.

Shu yilning 29 mart kuni tarbiyachi S.I.ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent zo'ravonlik bog'cha tarbiyachisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing