Toshkentda bolaga tan jarohati yetkazgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi 

3-sahifa

image

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi bo‘lib ishlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Gap shundaki, 17 noyabr kuni enaga yordamchisi K.G‘. karavotda o‘tirgan 2021 yilda tug‘ilgan bolaning qo‘lidan tortib, qo‘pol tarzda ko‘targan. 18 dekabr kuni berilgan tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaning qo‘li chiqib ketgan va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan. 

"Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 1-qismi (Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. ", deyiladi ushbu xabarda.

Hozirda ushbu ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch tumani 23-sonli MTT xodimlarining bolalarni tepib, qo‘pol muomalada bo‘layotgani aks etgan video tarqalgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bola tarbiyachi maktabgacha ta'lim muassasasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing