Toshkentda bog‘cha opa 3 yoshli bolani kaltakladi
3-sahifa
−
19 avgust
4330Toshkent shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisini haqoratlab, kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi I.N. va B.N. (ota-ona) tomonidan murojaat kelib tushgan. O‘z murojaatida ota-ona 2021 yilda tug‘ilgan farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini, joriy yilning 29 iyun kuni navbatchi tarbiyachi Sh.K. (ayol) farzandini urib, haqoratlaganini bildirgan.
I.A. ning aytishicha, holat yuzasidan muassasa mudirasiga murojaat qilib, videotasvir nusxasini olmoqchi bo‘lganida mudira tomonidan ruxsat berilmagan va tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.
Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida mazkur holat vazirlik mutasaddilari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish natijasida bog‘cha tarbiyachisi Sh.K.ga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, muassasaning keyingi faoliyati davomida bolalarga tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ustidan vazirlik tizimli nazorat qilishi bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 2 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlangandi.