Toshkentda birdan 5 ta uyda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida birdan 5 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Yong‘in kecha, 8 fevral kuni soat 13:09 da Shayxontohur tumani Duchor berk ko‘chasida yuz bergan. Oqibatda ushbu manzilning 14A-uy hududidagi 5 ta bir-biriga tutashgan uylar zarar ko‘rgan. 

Voqea joyiga shahar FVBning 3ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:16 da yetib borgan, yong‘in soat 13:30 da qurshab olinib, soat 14:18 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘indan 5 ta uyning ichki va tom qismlari, jami 130 kvadrat metr maydoni zararlangan. 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 360 kvadrat metr yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

389

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing