Toshkentda bir kunda mingdan ortiq niqobsiz yurgan fuqaro aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 27 mart kuni Toshkent shahrida 1046 ta karantin rejimi buzilganlik holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Qonunbuzarlarning 1007 nafari jamoat joylarida tibbiy niqob taqmagan bo‘lsa, 39 nafari uy karantini talablarini buzgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirilgan bo‘lib, niqob taqib yurmaslik 1 mln 115 ming so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing