Toshkentda bir kunda ikki kishini poyezd urib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida bir kunda ikki kishini poyezd urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Transport prokuraturasi izoh berdi. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 iyun kuni soat 06:30 -da “Termiz-Toshkent–Andijon” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasida ro‘yxatda turuvchi, 1-guruh nogironi (qulog‘ida nuqsoni bor) bo‘lgan 1995 yilda tug‘ilgan S.S.ni urib yuborgan. 

Fuqaro S.S. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Bundan tashqari, shu kuni soat 09:50 da “Boz-su-Chirchiq” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan elektrovoz  piyodalar o‘tish joyidan velosiped haydab, qo‘l telefonidan foydalanib o‘tib ketayotgan 2002 yilda tug‘ilgan, R.O‘.ni urib yuborgan. 

Fuqaro R.O‘. ham olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Hozirgi vaqtda mazkur holatlar yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

466

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing