Toshkentda belgilanmagan joyda chiqindi to‘plagan fuqaro jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Toshkentda belgilanmagan joyda qurilish chiqindilarini to‘plagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Labzak mahallasi 57A-uy oldida belgilanmagan joyga qurilish chiqindilari to‘plangani aniqlandi. 

Holat  o‘rganilganda qurilish chiqindilari fuqaro X.A. tomonidan to‘plangani ma’lum bo‘lgan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 680 ming so‘m jarima belgilangan. Shuningdek, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing