Toshkentda bedarak yo‘qolgan ayol o‘lik holda topildi
3-sahifa
−
12 noyabr
22459Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolib, qidiruvga berilgan 23 yoshli ayol o‘lik holda topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i N.O. joriy yilning 6 noyabr kuni Parkent tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 23 yoshli ayoli H.O. tunda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganini ma’lum qilgan va uni topishda amaliy yordam so‘ragan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 10 noyabr kuni ayolning jasadi Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor shaharchasi “Ma’rifat” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” kanalida cho‘kib ketgan holda topilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni soat 08:30 da Farg‘ona shahrining “Cheksho‘ra” MFY Charog‘on ko‘chasidan o‘tgan ariqdan noma’lum shaxsning murdasi tan jarohatlarisiz topilgandi.