Toshkentda bayram kunlari avtobuslar harakati tartibi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 22 dekabrdagi 226-sonli “Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlash kunlarida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, Yangi yil bayrami nishonlanishi munosabati bilan joriy yilning 31 dekabr, 2021 yil 1, 2, 3 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi. 

Bunga ko‘ra:

  • 2020 yil 31 dekabr – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida ish vaqtining tugashi 1 soatga uzaytirilmoqda;
  • 2021 yil 1 yanvar – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
  • 2021 yil 2 yanvar – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
  • 2021 yil 3 yanvar - yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo‘yilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Avtobus

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing