Toshkentda bankomatdan o‘g‘rilik sodir etildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida savdo do‘koni yonida joylashgan bankomatdan o‘g‘rilik sodir etildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 30 dekabr kuni soat 06:30 larda noma’lum shaxs Yashnobod tumani “Jarqo‘rg‘on” ko‘chasida joylashgan savdo do‘konining oldida o‘rnatilgan bankomatdan o‘g‘rilik sodir etgan. 

Xabar yuzasidan voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib borgan. Tergov harakatlarini olib borish, dalillarni va izlarni aniqlash maqsadida jinoyat sodir etilgan hudud o‘rnatilgan tartibda o‘rab olingan.  

Biroq o‘g‘rilik sodir etgan shaxsning kimligi va olingan pullarning summasi keltirilmagan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“o‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni to‘liq fosh qilish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruh tuzilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing