Toshkentda bankomatdan qalbaki dollarni ayirboshlagan fuqarolar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
11 may 2022
12007Toshkent shahrining Yashnobod tumanida qalbaki AQSH dollarini bankomat orqali so‘mga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan AITB “Ipak yo‘li bank” Amaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro S.F. va boshqalar ushbu bank filialiga tegishli Parkent ko‘chasida joylashgan bankomat orqali qalbaki 2 000 dollarni so‘mga ayirboshlab olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi