Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
21 noyabr
2506Toshkent shahridagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqazo qiladi.
Shu sababli, joriy yilning 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar:
- Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi keshishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;
- Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.
“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Ko‘rsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektr kabel o‘tkazish uchun Bobur ko‘chasining Seul ko‘chasi bilan kesishmasidan Bahodir ko‘chasigacha bo‘lgan qismida bir tomondan avtomobillar harakati cheklangan edi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr