Toshkentda ayrim ko‘chalar 10 yanvargacha yopiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 22 dekabridan 2020 yilning 8 yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta joyda Yangi yil bayram tadbirlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan 2019 yil 23 dekabridan 2020 yil 10 yanvarigacha shahardagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi:

•  Buyuk Turon ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
•  Mustaqillik shoh ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
•  Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
•  Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing