Toshkentda ayolni o‘g‘irlab ketgan shaxslar kimligi ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq “Sukut saqlama” loyihasining Telegram kanalida 2 nafar erkak ko‘chada bir qizni kuch ishlatib, o‘g‘irlab ketgani aks etgan video e’lon qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea bugun, 24 noyabr kuni Uchtepa tumani, 22-mavzedagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan D.Sh. otasi X.M. bilan birga Tracker avtomashinasiga turmush o‘rtog‘i – 2000 yilda tug‘ilgan M.A.ni o‘tkazib, noma’lum tomonga olib ketgan.

Surishtiruvlarga ko‘ra, M.A. qonuniy turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli 1 nafar farzandini turmush o‘rtog‘iga qoldirib, uydan chiqib, Toshkent shahriga ketib qolgan. Uni turmush o‘rtog‘i D.Sh. qidirib, yuqoridagi manzildan topgan. 

Shundan so‘ng, uni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi o‘zining uyiga olib borgan.

Hozirda M.A. oila davrasida sog‘-salomat ekani aniqlangan. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

IIBBga ko‘ra, M.A. va uning oilasi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda psixologlar ishlamoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing