Toshkentda ayolni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan egizaklar ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga fohishalik qilish uchun ketayotgan ayollar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 26 yanvar kuni 32 yoshli Nilufar Yu. Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda “Fotima” va “Zuhra” ismli shaxslar,  3 yanvar 27 yanvargacha Nilufar Yu.ga Dubaydagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilganini bildirgan.

Nilufar Yu.ni Dubayga borish uchun mo‘ljallangan hujjatlarini tayyorlab, 27 yanvar kuni, uni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubayga yuborayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilivchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani 4-sonli IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Fotima B. va Zuxra I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Qayd etilishicha, dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinish ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi

Baholaganlar

653

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing