Toshkentda ayol yosh bolasini nega kaltakladi?
Jamiyat
−
13 Oktabr 2023
10397Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumanidagi SUM atrofida ayol farzandini kaltaklagani videosi tarqaldi. Uning murg‘ak bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Jumladan, tuman hokimligi ham bu voqeaga o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, vaziyat vasiylik va homiylik organi mutasaddi xodimlari va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
“Ayol bilan suhbat natijasida ma’lum bo‘lishicha, farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan fuqaro asli Qashqadaryo viloyatidan bo‘lib, vaqtincha Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ayol 13 oktyabr kuni Mirobod tumani “Sh.Rashidov” mahallasi hududida joylashgan “Alik” nomli suratxonaga rasmga tushish uchun kelgan.
O‘sha paytda u yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lgani tufayli farzandining xarxashasiga javoban qo‘pol harakat sodir etgan”, deyiladi bu haqdagi xabarida.
Munosabatda aytilishicha, ayol ushbu qilmishidan pushaymonligini, bunday holat avvallari bo‘lmaganini va holat boshqa takrorlanmasligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB FMB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
LiveBarchasi