Toshkentda ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi
3-sahifa
−
04 noyabr 2020 31472 1 daqiqa
Kecha, 3 noyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanida 39 yoshli ayol 4-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda “Bu kun” axborot dasturi lavhasida xabar qilindi.
Hodisa soat 22:30 lar atrofida yuz bergan. Sergeli-4 dahasida ko‘p qavatli uyning 2-qavatida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan G.S., ishdan qaytib, uyiga kirmasdan 4-qavatga chiqqan va derazadan o‘zini pastga tashlagan.
Sergeli tumani prokurori o‘rinbosari Jaloliddin Xudoyqulovning ta’kidlashicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni tekshirish yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun