Toshkentda ayol 50 ming dollarga “uxlatildi”
Jamiyat
−
18 Oktabr 2019
5195Joriy yilning 16 oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga 31 yoshli Aleksandra K. murojaat qilib, joriy yilning iyun oyida unga 50 000 AQSH dollarini Qozog‘iston Respublikasida yashovchi tanishlariga yetkazishda yordam berishini va’da qilgan tanishi 37 yoshli Artyom S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, Aleksandra tanishining taklifiga rozi bo‘lib, unga pullarni bergan. Ammo Artyom pullarni manzilga yetkazmasdan, egasiga ham qaytarib bermasdan o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi