Toshkentda avtomoyka xodimi YTH sodir etdi. Ona va bola qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 4 sentyabr kuni soat 13:30 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Unda 21 yashar ona va uning 2 yashar qizi halok bo‘ldi. Bu haqda voqeaga guvoh bo‘lgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda

“Shofayiz” mahallasidan Oqtepa ko‘chasiga katta tezlikda harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomobil quyib o‘tish qodilarini buzib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtda,  shu yo‘lda piyoda ketayotgan 21 yoshli ona va uning 2 yashar qizini urib yuborgan. 

Lacetti ona-bolani urib yuborgach, rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomobil bilan to‘qnashadi. 

QALAMPIR.UZ  muxbiri voqea joyidan ma’lum qilishicha, yigit Lacetti avtomobilini haydovchilik guvohnomasi va tegishli hujjatlarsiz boshqargan. U avtomobillarni yuvish shoxobchasi xodimi bo‘lgan. 

Mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida ona va bola voqea joyida vafot etgan. Spark haydovchisi va YTHning bosh sababchisi Lacetti haydovchisi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

770

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing