Toshkentda avtomobil yo‘lida yalang‘och cho‘milgan yigitga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
01 dekabr 2021
14105Avvalroq Toshkentda maktab o‘quvchisi yo‘l o‘rtasida cho‘milgani haqida xabar bergan edik. Holat Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergandi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi MAFIFIDUM maktabning o‘quvchilari 17 yoshli T.S. va O.M. Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining avtomobillar harakati qismida hayoti uchun havfli bo‘lgan (trend) noodatiy harakatlar amalga oshirgan.
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari bo‘yicha komissiyasida ushbu o‘quvchilar harakatiga qonuniy chora ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddaning 1-qismiga asosan har bir o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi.
Ma’lumot uchun, mazkur modda bo‘yicha huquqbuzar BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
LiveBarchasi