Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti qisqardi

Jamiyat

image

Toshkentda avtobuslarni harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Prezident topshirig‘iga asosan, so‘nggi uch kunda Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tezkor choralar amalga oshirilyapti.

Jumladan, 16-17 dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobuslar olib kelingan va yo‘nalishga chiqarilgan. Buning natijasida yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqaradi.

Shahardagi 148 ta yo‘nalishning 34 tasi muammoli ekani aniqlangan. Barcha yo‘nalishlarga 200 dan ortiq qo‘shimcha avtobus jalb etilgach, 17 ta yo‘nalishdagi muammo bartaraf etilgan, biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta  yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.

Poytaxtning 8 ta avtobus parklarining 1374 ta transport vositalari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan texnik nosoz holatdagi 259 ta avtobusning 89 tasi ta’mirlangan.

Shuningdek, haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirilgan, hozirga qadar ularning 140 nafardan ortig‘i ishga qabul qilingan.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshini 2 barobarga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing