Toshkentda avtobus yonib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20:00 da "5-Avtobus saroyi” filialiga tegishli Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Ushbu holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, davlat raqami 01|794 OJA bo‘lgan avtobus 2008 yilda ishlab chiqarilgan. Yong‘in 151-sonli "Chingeldi" mahallasidan Buyuk Ipak yo‘li metro bekatigacha harakatlanuvchi avtobusda yuz bergan. Voqea vaqtida transportni 1969 yilda tug‘ilgan R.A. ismli haydovchi boshqarayotgan bo‘lgan.

Avtobus Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi Kimyo instituti binosiga yetganida avtobusning yuqori bosimli havo quvuri yorilgan. Oqibatda qisqa tutashuv yuzaga kelgan. Haydovchi tomonidan tutunni o‘chirish uchun dastlabki choralar ko‘rilishiga qaramay, u alangaga aylangan. Shundan so‘ng, voqea joyiga FVV Yong‘in qutqaruv bo‘linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong‘in bartaraf etilgan.

“Mazkur hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobusning dvigatel qismiga zarar yetgan. Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidagi bekatda 96-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlangan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Toshshahartransxizmat avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made