Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 19 yanvar kuni Toshkentning Chilonzor tumanida avtobus piyodani urib yubordi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Unga ko‘ra, 19 yanvar kuni taxminan soat 09.15 larda Chilonzor tumani Baynalminal ko‘chasida (“Charx Kamolon” mahallasi ro‘parasida) 36 yoshli Adil X. Midibus SAZ/NP-37 rusumli avtobusni boshqarib ketayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni urib yuborgan.

Natijada tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing