Toshkentda avtobus to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yo‘lovchi avtobusi Nexia bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 10 noyabr kuni soat 8:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi Ashxobod bog‘i chorrahasida sodir bo‘lgan. 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi 21-sonli yo‘nalishdagi avtobus Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia yo‘l qatnov qismining chap bo‘lagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo‘ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan to‘xtab turgan bo‘lgan. MAN rusumli yo‘lovchi avtobusi esa ehtiyotsizlik oqibatida yengil mashinaning orqa tomoniga kelib urilgan. 

YTH oqibatida avtobus va avtomobil biroz shikastlanib, Nexia haydovchisi yengil tan jarohati olgan. 

Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ISUZU rusumli avtobus va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida yengil mashina yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Yashnobod avtobus Nexia MAN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing