Toshkentda avtobus liniyasi qisqartiriladi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2023
63312023 yil 16 oktyabr kunidan boshlab, 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi – Chorsu savdo markazi” yo‘nalishida qatnovchi avtobus yo‘nalishi qisqartiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.
Endi Chorsu savdo markazi bekatigacha harakatlangan ushbu avtobusning yo‘nalishi Paxtakor metrosigacha qisqartiriladi. Shundan so‘ng, 89-sonli yo‘nalish “Qorasuv 1-mavzesi – Paxtakor metrosi” oralig‘ida harakatlanadi.
89-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Chorsu savdo markazigacha yetib olish uchun Paxtakor metrosi bekatidan 53, 64, 65-sonli avtobuslari xizmatidan foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval 150-sonli avtobusning qatnov liniyasi ham qisqartirilgandi.
LiveBarchasi