Toshkentda avtobus ikki piyodani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 8 mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida avtobus piyodalarni urib ketdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXX xabar berdi.

YTH soat 11:30 da Chilonzor ko‘chasi “Miranda” do‘koni qarshisida yuz bergan. Haydovchi – 1996 y.t. S.M. MAN rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda piyoda – 1952 y.t. R.Z. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Piyoda – 2017 y.t. R.Ye. “bosh sohasi lat yeyishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus

Baholaganlar

366

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing