Toshkentda avtobus bekatlaridan do‘konlar olib tashlanishi mumkin
Jamiyat
−
12 dekabr 2020
9368Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi avtobus oraliq bekatlarini namunaviy dizaynini ishlab chiqdi. Hokimlik avtobus bekatlarida savdo do‘konlari o‘rnatmaslikni rejalashtirgan. Shahar ma’muriyatining “Toshkent shahrida na’munaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan.
Hokim qarorining loyihasiga ko‘ra, avtobus bekatlariga yagona loyihaga mos kelmaydigan konstruksiyalar o‘rnatilsa, yerni ijaraga berish huquqi bekor qilinadi. Bundan tashqari, avtobus bekatining yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi mumkin. Bu holda ijaraga oluvchi kamida 30 kun oldin yozma ravishda ogohlantirilishi kerak.
Hokimlik ishlab chiqqan konsepsiyada bekatlarda savdo do‘konlari o‘rnatish mo‘ljallanmagan. Ular quyidagidek bo‘ladi:
Talabgorga avtobus oraliq bekatlari joylashtiriladigan yer uchastkalarini ijaraga berish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:
a) avtobus oraliq bekatlarini belgilangan me’yorlarga mos bo‘lgan na’munaviy dizayn asosida qurish;
b) Talabgor tomonidan avtobus oraliq bekatidan foydalanish davrida:
• aholi uchun bepul internet tarmog‘i (WI-FI);
• avtobuslar qatnov jadvali va kelish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablo;
• kuzatuv kamerasi (ma’lumotlarni saqlash xotirasiga ega bo‘lgan);
• milliy hunarmandchilik yoki zamonaviy dizayndagi o‘rindiqlar;
• chiqindilarni tashlash qutilari;
• mobil qurilmalar quvvatlash manbai;
• imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus pandus o‘rnatilishi kerak bo‘ladi.
Quyidagi hollarda avtobus oraliq bekatlarini ijaraga berish rad etilishi mumkin:
• avtobus oraliq bekatlarini ijaraga berish uchun taklifga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
• avtobus oraliq bekatlarini ijaraga berish rejalashtirilgan joy qurilish, sanitariya, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga nomuvofiqligi;
• taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi;
• agar avtobus oraliq bekatlarini ijaraga berish rejalashtirilgan yer uchastkasi bo‘yicha boshqa loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa.
LiveBarchasi