Qozog‘istonda avtobus kutayotgan ayol bekatda tug‘ib qo‘ydi
Olam
−
28 iyun 5597 1 daqiqa
Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi. Bu haqda “Stan.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayolning ko‘zi kutilmaganda bekatda yorigan va u farzandli bo‘lgan.
Aniqlanishicha, tug‘ilish tushlik paytida, ayol avtobus kutayotganida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tug‘uruq jarayoni juda tez boshlangan. Shu sababli ayol tug‘uruqxonaga yetib borishga ulgurmasdan, farzandini avtobus bekatida dunyoga keltirishga majbur bo‘lgan.
Atrofdagilar tez yordam chaqirgan, ayol hamda uning bolasi yaqin oradagi shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, onaning ahvoli barqaror. Chaqaloq reanimatsiyada, ahvoli og‘ir, chunki u muddatidan oldin, homiladorlikning 34-haftasida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylashgan shifoxonaning hojatxonasida chaqaloq tug‘ilgandi va u uning chuquriga tushib ketgandi. Chaqaloq 2 soat chuqurlikda qolib ketgan. Uzoq urinishlardan so‘ng ichki ishlar organlari xodimlari hojatxonaning orqa tomonini qazib, chaqaloqni chiqarib olgandi.
Live
Barchasi