Toshkentda avtobus ham Qurbon hayiti kuni bepul xizmat ko‘rsatadi  

Jamiyat

image

16 iyun kuni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Qurbon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan masjidlarga kelib-ketishda poytaxt aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri jamoat transporti faoliyati tongi soat 03:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, shahar avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurbon hayiti kuni metro 7 soat bepul bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Qurbon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing