Toshkentda Audi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Jamiyat
−
29 iyun 2021 7061 1 daqiqa
Poytaxt Toshkentda Audi va MAN yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 28 iyun kuni soat 12:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida 1980 yil tug‘ilgan haydovchi B.I. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili va 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi A.O. boshqaruvidagi Audi rusumli yengil avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobillarga texnik zarar yetgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28