Toshkentda attraksiondan ikki kishi yiqilib tushdi

3-sahifa

image

Toshkentdagi ko‘ngilochar bog‘da joylashgan attraksiondan 2 nafar shaxs yiqilib tushdi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 12 iyun kuni tungi soat 22:10 lar atrofida Shayxontohur tumanida joylashgan “Anhor-Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida 24 yoshli B.E. va 30 yoshli T.M.lar ushbu bog‘da joylashgan “Melnitsa” attraksionidan yiqilib tushgan. Mazkur holat uchish chog‘ida xavfsizlik kamarlarini taqmaganliklari oqibatida sodir bo‘lgan.

Shuningdek, mazkur bog‘da xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari zudlik bilan yetib kelib, chaqirtirilgan tez yordam kelguniga qadar ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

“Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelgach, xodimlar ularga ko‘mak berib, fuqarolarni Chilonzor tumanida joylashgan Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qo‘ygan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Farg‘ona viloyati Rishton tumanida voyaga yetmagan qiz attratsiondan yiqilib, tan jarohati olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent attraktsion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing