Toshkentda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak uyining tomidan topildi

3-sahifa

image

Toshkentda ikki farzandiga aliment to‘lamay yurgani uchun qidiruvda bo‘lgan erkak o‘z uyining tomidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan MIBning Yashnobod tuman bo‘limiga qarzdor N.K. dan undiruvchi A.I. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ikki farzandning otasi o‘z majburiyatini bajarmasdan, aliment to‘lovidan bo‘yin tovlab kelgani sababli MIBning Yashnobod tuman bo‘limi xodimi qarzdorning manziliga boradi. Ayni paytda ham u yashash manzilida emasligi sababli N.K. ga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor o‘zi yashab kelayotgan xonadon tomidan topiladi. Unga nisbatan javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan to‘plangan hujjatlar esa jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aliment Mirobod tuman Yashnobod tuman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing