Toshkentda aeroport yaqinida kran qulashi oqibatida haydovchi og‘ir jarohat oldi

3-sahifa

image

Kecha, 4 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida ko‘tarma kran qulab tushishi oqibatida mashina boshqaruvida bo‘lgan fuqaro og‘ir tan-jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Bildirilishicha, aeroportning kirish-chiqish joyiga bayroq o‘rnatilayotgan paytda kran og‘irlikni ko‘tara olmagan. Oqibatda rul boshqaruvida bo‘lgan 1980 yil tug‘ilgan G‘.L og‘ir tan-jarohatlari bilan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga joylashtirilgan.

Bemorning ahvoliga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ klinika bosh shifokori Sanjarbek Matkarimov bilan bog‘landi. Uning aytishicha, 44 yoshli bemorga kechaning o‘zida shifokorlar tomonidan birlamchi yordam ko‘rsatilgan va u operatsiya qilingan.

“Qorindagi jigar va ichakning yorilgan qismlari tikilgan. Shuningdek, fuqaro o‘ng oyog‘ining ezilgan joyida jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan. Chap qo‘l yelkasida ham suyak sinishi kuzatilgan va vaqtinchalik gips qilingan. Chap oyoqning son suyagi singan va bugun, 5 avgust kuni ikkinchi bosqich operatsiyasi rejalashtirilgan. Ta’kidlash lozimki, hozirda G‘.L. hushiga kelgan”, deydi shifokor.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haydovchi aeroport kran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made