Toshkentda 9 oyda qancha jinoyat sodir etilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2021
4451Joriy yilning yanvart-sentyabr oylarida Toshkent shahrida 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining sessiyasida ma’lum qilindi.
Cyessiyada shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev, shahar Sudi raisi Erkin Xo‘jaqulov, shahar Ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedovlar hisobot bergan.
Qayd etilishicha, poytaxtda firibgarlik jinoyatlari ortayapti. Xususan, o‘tgan davrda 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Ularning 4 318 tasi IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida aniqlandi. Jami jinoyatlarning fosh etilishi 89,3 foizni tashkil etadi.
Shundan kelib chiqib, har bir tumanda “jinoyat o‘chog‘i”ga aylangan og‘ir mahallalar tanlab olinib, qo‘shimcha kuch va vositalar ajratilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining 1 143 dona elektron planshetlariga “Ye-ma’muriy ish” mobil ilovasi o‘rnatilib, ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritsh elektron tartibga o‘tkazilgan va onlayn sudlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, sudlarga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 9 166 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 055 taga ko‘p. Virtual va xalq qabulxonalari tomonidan yuborilgan 4 189 ta murojaatlardan 4 050 tasi ko‘rib chiqilib, muammoni hal etish choralari ko‘rilgan.
LiveBarchasi