Toshkentda 87 yoshli ayol qizi va nabirasi tomonidan ayovsiz do‘pposlandi (video)
3-sahifa
−
05 may 2021
40513Ijtimoiy tarmoqlarda qari ayolning yuzida, qo‘l va oyoqlarida ko‘plab ko‘kargan, lat yegan jarohatlar aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat haqidagi xabar 102 raqamiga tibbiyot muassasasidan kelib tushgan. Unga ko‘ra joriy yilning 26 aprel kuni 1934 yilda tug‘ilgan G.Toza ismli ayol nevarasi 1983 yilda tug‘ilgan G.Davron tomonidan olib kelingan. Jabrlanuvchining so‘zidan, uni farzandi 1964 yilda tug‘ilgan G.Saodat va nevarasi 1989 yilda tug‘ilgan G.Sevara muntazam ravishda urib, qiynab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya’ni ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni qiynash alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Tergov jarayonida jabrlanuvchining so‘ziga ko‘ra, unga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarning qilmishiga huquqiy baho beriladi, shuningdek mazkur noqonuniy harakat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar o‘rganiladi.
LiveBarchasi