Toshkentda 77 yashar erkak o‘zini 9-qavatdan tashlab yubordi
O‘zbekiston
−
15 Iyul 2020 27868 1 daqiqa
Toshkent shahrida 1943 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijalariga ko‘ra, Shayxontohur tumani Shayxontohur mahallasida yashovchi erkak uyning to‘qqizinchi qavat derazasidan o‘zini yerga tashlab yuborgan.
Aniqlanishicha, ushbu fuqaro 3 marta nevroxirurgiya bo‘limi jarrohlik bo‘limida davolanib chiqqan.
Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr