Toshkentda 7 yashar qizga tegajog‘lik qilgan erkak ustidan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
10 iyun 2023
9699Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 7 yashar qizga podezdda tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Keltirilishicha, voyaga yetmagan qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A. Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
LiveBarchasi