Toshkentda 7 yashar qiz ammasi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi
3-sahifa
−
19 mart
29453Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Cho‘lobod qishlog‘ida yashovchi ayol 7 yashar jiyanini urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Bekobod tumani Zafar shaharchasida yashovchi er-xotin ikki nafar qizini Bo‘ka tumanida yashovchi singlisi N.I. qaramog‘iga ishonib topshirgan va Rossiyaga ishlagani ketgan. Ota-onasi xorijda ishlab yurganda, bolalar har kuni kaltak yeb, ammasi tarafidan zulm ko‘rgan.
Joriy yilning 12 mart kuni soat 01:00 da vasiylikka ishonib berilgan ayol qarindoshlarining kichik qizi, 2017 yilda tug‘ilgan Ch.A.ning dars tayyorlamagani va yolg‘on gapirganini vaj qilib, o‘zini qizning mazkur xatti-harakatlari uchun go‘yoki jazolayotgandek ko‘rsatib, o‘ta shafqatsizlik bilan uning tanasining turli joylariga qo‘llari va yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 12 mart kuni Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 13 mart kuni N.I.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Oradan ikki kun o‘tib, 15 mart kuni tuman markaziy tibbiy birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, qizaloq jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Bolaning ota-onasi janozaga ham yetib kelolmagan.
Shifokorlarning bildirishicha, qiz “onamga ayting, men uni yaxshi ko‘raman, bizni tashlab Rossiyaga ketmasinlar", deya jon taslim qilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi