Toshkentda 7 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 7 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida 7 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 16:54 larda Beruniy ko‘chasida 2 ta Matiz, 1 ta Nexia 3, 1ta Tracker, 1 ta Onix, 1 ta Chery, 1 ta Isuzu rusumli transport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan. YTHga Chery rusumli avtomashina haydovchisi harakat vaqtida bir yo‘nalishda to‘xtab turgan avtomashinalar bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH 7 avtomashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing